O‘zbekiston Respublikasi "Xalq ta’lim vazirining 2021 yil 1 iyuldagi 206-sonli "Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlarining lavozim majburiyatlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Buyrug‘i
206_01_07_2021_lavozim_mazhburijatlari_htv.pdf [14,91 Mb]
Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi va vazifalari
Davlat ta’lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta’lim va tarbiya olish yuzasidan konstitusiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Umumiy o‘rta ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olishini ta’minlash, ularda bilim olish extiyojini rivojlantirish;
o‘quvchilarda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z oilasiga, Vataniga va xalqiga sodiqlik ruxida shakllantirish;
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qitishning zamonaviy pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini samarali joriy etish va natijadorlikka erishish;
o‘quvchilarning o‘ziga xos individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirnsh, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishlari va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish.
122-umumiy o‘rta ta’lim maktabi umumiy o‘rta ta’limning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun barcha zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik ta’lim-tarbiya muhitini yaratib beradi.