Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 122-sonli umumta’lim maktabi 1983 yil 1 sentyabrdan o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, 80 nafar o‘qituvchi 1076 o‘rinli o‘quvchilarga mo‘ljalangan. Darslar o‘zbek va rus tillarida tashkillashtirilgan bo‘lib 2 smenada o‘qitiladi.
2018 yil 6 apreldan boshlab to shu kunga qadar Shermatov Taxir Faridovich maktab direktori lavozimida ish faoliyatini olib bormoqda.
O‘qituvchi va o‘quvchilarga maktabda barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, maktab binosi to‘liq ta’mirlangan, ochiq mini futbol maydonchasi, tennis maydonchasi, qizlar uchun “Bichish-tikish” o‘quv markazi, 2 ta artezian quduqlar, o‘quvchilarning havfsizligi uchun maktabga kirish yo‘lakchalari, o‘quvchilarni vatapanvarlik ruhida tarbiyalash uchun “Temurbeklar” xonasi, sinflarda yangi jihozlar, optik tolali internet tarmog‘i, kompyuter texnika qurilmalari, o‘quv jarayoni uchun proyektor, elektron doskalar, “Yashil makon” doirasida 500 tadan ortiq daraxt ko‘chatlar va gullar, tashqi va ichki kameralar, maktabning har bir qavati uchun havfsizlikni ta’minlash uchun ovozli tizimlar o‘rnatilgan.