Joriy yilning 26- iyun kuni Futbol bo'yicha O'zbekiston U-17 terma jamoasi Tailandda o'tkazilgan Osiyo kubogining chorak finalida Saudiya Arabistoni jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim final bilan birga joriy yil Indoneziyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati yo'llanmasini ham qo'lga kiritdi. Mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, 23-raqamda to'p surgan Yunusobod tumani 122- umumta'lim maktabining 11- sinf o'quvchisi Abdullaev Dilshod raqib jamoa darvozasiga gol urib O'zbekiston jamoasini go'lib bo'lishiga o'z hissasini qo'shdi.