Bugun 25-may kuni “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tashkil etildi.Tadbir soat 8:00 da boshlanib 8:45 da yakunlandi.Tadbirga hurmatga sazovor mehmonlar: Yunusobod tumani 4-sektor boshlig‘i I.S.Kadirov, XTB mudiri o‘rinbosari G.Sh.Yakubova, “Qadrdon “MFY raisi K.Sh.Raxmonov tashrif buyurishdi .Bituruvchilarimiz ilk bor mustaqil yangi hayotga qadam qo‘yishlari uchun maktabimiz direktori Shermatov Toxir Faridovich so‘zga chiqib tadbirimizni ochib berdilar. Tadbirda jami qatnashchilar soni 494 nafar, shundan o‘quvchilar soni-428 nafar, ota-onalar-63 nafar, IIB xodimlari soni 1 nafar, 1 ta Milliy Gvardiya xodimlari , YPX xodimlari 1 nafar, FVV xodimi 1 ta, tibbiyot xodimlari soni 2 nafarni tashkil etdi. Tadbir yuqori kayfiyatda, kuy-qo‘shiqlar bilan yanada zavqli o‘tdi.Bitiruvchi yoshlarimizga maktabimiz o‘qituvchilari tomonidan kelajakda yurtimizga foydasi tegadigan , jamiyatda o‘z o‘rnilariga ega bo‘lishlarida yordam beradigan kasb egalari bo‘lib yetishib chiqishligiga omadlar tilab qolishdi.Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.