Bugungi kunda oromgohlar qadriyatlar ustuvorligiga asoslangan holda bolaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda yaratuvchan-ijodiy faoliyat turlarida o‘zligini namoyon etish uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatiga ega.Shu sababli, 122-maktabda "BINAFSHA YOZ" nomli yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etildi. Oromgohda bolalarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish hamda sog‘lomlashtirish uchun shart-sharoitlar va mexanizmini yaratish, tashkil etilgan to‘garaklarda ta’limiy faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha eng ilg‘or an’analarni saqlagan holda uning zamonaviy sifatini,foydalanish imkoniyatini va samaradorligini ta’minlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi..Oromgoh bolalarni sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport turlarining tizimli mashg‘ulotlariga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzi tushunchasini shakllantirishni nazarda tutadi.