Xon atlas – eng yorqin ranglar, tabiat jilosi, gullar tasvirini o‘zida mujassam etgan o‘zbek milliy matosi hisoblanadi. Bir metr atlas 2,5 oyda tayyor bo‘ladi. Matoga ruyan o‘simligi, anor po‘stlog‘i, o‘simlik bargi ekstrakti, piyoz po‘sti orqali rang beriladi. Matoning 70 %i qo‘lda yaratiladi. Mazkur matoni qadimda faqat xonlar kiygani uchun ham xon atlas nomi bilan atalgan. Shu munosabat bilan, 29-sentyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 122-maktabning boshlang‘ich sinfida "Xon atlas" kuni o‘tkazildi. O‘quvchilar tomonidan raqs dasturlari ham taqdim etildi.