Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, ular qalbida Vatanga sadoqat, ulug‘ allomalarimiz merosiga, azaliy qadriyatlarga chuqur ehtirom tuyg‘usini singdirishga yuksak e'tibor qaratilmoqda. Zero, yoshlar kelajagimiz, ertangi kunimizning suyanchi va tayanchidir. Shu sababli, bugun rus tili adabiyoti fanidan "Kitob bizning hayotimiz" mavzusida 6-"v" sinf o'quvchilariga noodatiy usuldan foydalangan holda kutubxonada integratsiyalashgan dars - suhbat bo'lib o'tdi. Dars tabiiy ko'rgazmalar yordamida o'tkazildi. Bunday dars usullari bilim olishda faqat nazariy emas, balki amaliy tomondan ham o'quvchilarni rivojlantirishga undaydi.