Ta'lim tizimida shu vaqtga qadar Tabiiy fan xususiy maktablar hamda Prezident maktablarida o‘qitib kelinayotgan edi. Endilikda barcha umumta'lim maktablarida boshlang‘ich tushunchalarini o‘zida birlashtirgan Tabiiy fanlar darsligi o‘qitilishi boshlandi. Bir nechta fan: kimyo, geografiya, astronomiya, biologiya va fizika fanlarining boshlang‘ich tushunchalarini o‘zida birlashtirgan Tabiiy fanlar darslari endilikda 6-sinflarda ham yo‘lga qo‘yildi. 122-maktabning 6-sinf o'quvchilariga o'qituvchi tomonidan tabiiy fani yangi kitobi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar orqali to'liq tushuntirib berilmoqda.