Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 8-январь 2025, 10:00
 Bosh sahifa  Mobile versiya

1-B sinf o'quvchilari gul ekish texnologiyasi bilan tanishishdi

Yosh avlodni mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash uchun ularni avvalo tabiatga mehr qo‘yishiga yordam berish kerak. Shu sabab, bugun maktabimizning 1-sinf o‘quvchilari ustozlari yordamida gulni tuvakka ekishni o‘rganishdi. Tilsiz suxbatdosh bo‘lmish anvoyi gullar alohida mehrga, parvarishga muhtoj. Bu o‘simliklarga qanchalik e’tibor bersak, ular ham shunchalik ko‘rk bag‘ishlab, dilimizni yayratadi. Bu dars orqali o‘quvchilar gullarni qanday ekish va ularni parvarishlash haqida ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.