Dekabr - “Tarbiya va ijtimoiy fanlar” (tarix, davlat va huquq asoslari) oyligi ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Tadbirda ijtimoiy fan mutaxassislari va tarixchilar oldida turgan katta vazifalar haqida so‘zlashdi. Ta’kidlandiki, tarix siyosatning bir qismi emas, balki siyosat tarixning bir qismidir. Shundan so’ng, maktabimizning tarix fani o’qituvchisi va yuqori sinf o’quvchi qizlari ishtirokida Yaponiya tarixiy qo’shiqlari ijro etildi. Tadbirda maktab rahbariyati, ijtimoiy fanlar metod birlashmasi raisi, o’qituvchilar va o’quvchilar ishtirok etdilar.