Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 8-январь 2025, 10:00
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Zakovat Gambit" musobaqasida maktabimizning 8-"A" sinf o'quvchisi Qo'ziyev Miraziz 3-o'rinni qo'lga kiritdi

Toshkentda havaskor va professional shaxmatchilarni bir joyga jamlagan navbatdagi "Zakovat-Gambit" turniri o‘tkazildi. Unda yoshi va reytingidan qat'i nazar barcha O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ikkinchi marta o‘tkazilgan musobaqa uch bosqichda tashkil etildi. www.chess.com platformasida bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida 1569 nafar shaxmatchi qatnashdi va ular orasidan saralab olingan 83 nafar ishtirokchi esa yarimfinal hamda finalda o‘ynadi. Turnir ishtirokchilari reytingiga qarab, 5 ta guruhga bo‘lingan. Bunda B, C, D, E guruhidagilar 9 ta turda shveytsarcha tizimda bahslashgan bo‘lsa, A guruhidagi professional shaxmatchilar davra suhbati tarzida navbat bilan o‘zaro oq va qora donalarda o‘ynashdi. O‘yinlar o‘z yakuniga yetgach, tadbirning badiiy qismi, kontsert dasturi hamda taqdirlash marosimi boshlandi. Unda turnir tashkilotchilari so‘zga chiqib, O‘zbekiston yoshlarining shaxmat sport turi borasidagi yutuqlarini ta'kidlab, kelgusida bundan ham kattaroq natijalar qayd etilishiga umid bildirishdi. Shundan so‘ng birin-ketin turnirning g‘olib hamda sovrindorlari taqdirlana boshlashdi. Dastlab eng yosh va yoshi ulug‘ shaxmatchilarga 10 mln so‘mdan mukofot puli topshirildi. Keyin esa guruhlar kesimida 3 ta o‘rin sohiblari e'lon qilindi. C guruhida o'ynab maktabimizning 8-"A" sinf o'quvchisi Miraziz Qo‘ziyev 3-o‘rinni qo'lga kiritdi va 20 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.