Joriy yilning 30-avgustida Yunusobod tumani 122-maktabda pedagogik kengash o‘tkazildi. Pedagogik kengashga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi inspektor psixologi Sh.Z.Abdullayev ishtirok etib, 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, dars mashg‘ulotiga uzrli sabablarsiz qatnashmaydigan bolalarning hisobini yuritish, o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruxida tarbiyalash to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdi. Pedagogik kengashda ko‘rilgan masalalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 12-iyundagi 187-sonli hamda 2024-yil 23-avgustdagi 273-sonli buyrug‘lari ijrosini ta'minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Pedagogik kengashda barcha pedagog xodimlar hamda maktab ma'muriyati ishtirok etishdi.