Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-апрель 2025, 13:55
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Iqtidor maktab ansambli” Respublika tanlovining tuman bosqichlari qizg'in davom etmoqda


Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maktablardagi ansambllar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida o'tkazilayotgan “Iqtidor maktab ansambli” Respublika tanlovining tuman bosqichlari qizg'in davom etmoqda.

Jumladan, Yunusobod tumanidagi 1-sonli musiqa maktabida o'tgan tanlovda har bir jamoa katta tayyorgarlik va zo'r ishtiyoq bilan ishtirok etdi. Tanlovda 17-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o'quvchilari ham ustozlari hamrohligida milliy urf-odatlarga xos, chiroyli liboslarda, yuksak tayyorgarlik va ijodiy yondashuv bilan qatnashdilar. Musiqa, raqs va sahna ijrosi orqali o'z iqtidorlarini namoyon etdi. Ular faxrli ikkinchi o'rinni egallashdi.

Tanlovda 86-maktab o'quvchilari birinchi o'rindan joy oldi. Shuningdek, 220-, 272-maktab ikkinchi, 5-, 63-, 97-maktab vakillari uchinchi pog'onani band etdilar.



Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati