Yaqinda iste'dodli sportchi nomidagi dzyudo markazi Yunusobod tumanidagi 17-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi qoshida ish boshlagandi.
Bugun aynan mazkur ta'lim maskanida “Chempion bilan uchrashuv” loyihasi doirasida Diyora Keldiyorova dzyudo ixlosmandlari bo'lgan o'quvchilar bilan uchrashdi. Samimiy kechgan muloqotda o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga kelgusida mohir sportchiga shogird tushish istagida ekanliklarini yashirishmadi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati