Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-апрель 2025, 13:55
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda "O‘quvchi-yugur" loyihasi amalga oshirilmoqda


Bugun “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ushbu loyiha doirasida marafon tashkil etildi. Unda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan jami 2 ming nafardan ortiq o‘quvchi qatnashdi.

Tadbirda qator tashkilotlar rahbariyati hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ham ishtirok etdi. 

➖ Shuningdek, tadbir doirasida “Talaba yugur” va “Inson yugur” marafonlari ham tashkil etildi. 

Ma’lumot o‘rnida: bunga qadar 3-4-aprel kunlari Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida tashkil etilgan marafonda 3800 nafar o‘quvchi jalb etildi.