Vazirlar maktabgacha va maktab ta’limi infratuzilmasini yaxshilash, investitsiya loyihalarini kengaytirish va xususiy sektorni jalb qilish xususida suhbatlashishdi.
Shuningdek, Hilola Umarova Samarqand shahrida 2025-yil may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari” sammiti doirasida ta’lim sohasidagi qo‘shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashish taklifini bildirdi.
➖ Uchrashuv yakunida vazirlik delegatsiyasi a’zolari Saudiya Arabistoni ta’lim vaziri Yusuf ibn Abdullo al-Bunyan tomonidan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ham ishtirok etishdi.