Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-апрель 2025, 13:55
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Ar Riyod: HCI – 2025 xalqaro konferensiyasi doirasida vazirlar davra suhbati bo‘lib o‘tdi


"Human Capability Initiative – 2025" xalqaro konferensiyasining ikkinchi kunida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova "Hamma uchun AI savodxonligi: Barqaror salohiyat uchun teng imkoniyatlar" mavzusidagi vazirlar davra suhbatida ishtirok etdi.

➖ Mazkur muhokamada Yevropa, Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqdan 13 nafar ta’lim vaziri, shuningdek, Jahon banki, IHTT va Garvard universiteti kabi xalqaro tuzilmalarning 4 nafar yetakchi mutaxassisi qatnashdi. 

Tadbir sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim va mehnat bozoriga ta’siri, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash strategiyalariga bag‘ishlandi.

Vazir Hilola Umarova o‘z chiqishida O‘zbekistonda raqamli va sun’iy intellekt savodxonligini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, bu jarayonni maktabgacha ta’limdan boshlash muhimligini ta’kidladi. 

📍 Shuningdek, ushbu yo‘nalishda:

➖ Maktablarda dasturlash, robototexnika va raqamli tafakkur bo‘yicha darslar joriy etilishi;
➖o‘qituvchilarni raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tayyorlash va qayta tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi;
➖"Bir million dasturchi" dasturi orqali yoshlar va kattalarga onlayn formatda IT va sun'iy intellekt ko‘nikmalarining o‘rgatilishi kabi tashabbuslarning amalga oshirilishiga e'tibor qaratdi. 

❗️Shu bilan birga, vazir ayrim kasblarning sun'iy intellekt texnologiyalari ta’sirida yo‘qolib ketishi mumkinligini inobatga olgan holda, aholini qayta o‘qitish va yangi mutaxassisliklarga yo‘naltirish muhimligini qayd etdi.

Eng muhimi, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan hamma foydalanishi uchun – qishloq hududlari, qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun raqamli tenglikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta'kidlandi.