Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-июль 2025, 11:15
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!


Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi. 

Shuningdek:

➖ tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;

➖ vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

➖ yangi summativ va formativ  baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;

➖ umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;

➖ maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;

➖ o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;

➖ o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;

➖ yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.

Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!