
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarimizni jismonan chiniqtirish, sog‘lom turmush tarziga da’vat etish hamda ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi tashabbus amalga oshirildi.
Joriy yilning 5-avgust kuni Tashkent International University tashabbusi bilan Yunusobod tumani 122-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida estafeta sport musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbir doirasida o‘quvchilar jamoaviy ruhda harakat qilish, epchillik va chaqqonlikda o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Musobaqa nafaqat sport bayramiga, balki do‘stlik va sog‘lom raqobat ruhida o‘tgan chinakam quvonchli voqeaga aylandi.
Musobaqa yakunida g’olib jamoalarga universitet tomonidan diplom, esdalik sovg’alari va sport koptoklari topshirildi.